Город Бекабад

Joriy yilning 3-may kuni Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi tasarrufidagi 21-…


🔴 Joriy yilning 3-may kuni Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi tasarrufidagi 21- DMTTda 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan  tarbiyachi Axmedova Feruza Salohiddinovna va 10- katta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida bayram tadbiri keng nishonlandi.

Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi boshlig’i R.S.Sharipov, va bir qator maktabgacha ta’limning jonkuyar hodimlari, Respublika  ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo’limi rahbari M.M.Qo’ziboyev, Bekobod shahar IHMA xodimi (DMTT sobiq direktori) Sh.S.Yuldashevalar tadbir mehmoni bo’lishdi.

Tadbirda 21-DMTT barcha hodimlari faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar o’zlarining  ajdodlar xotirasiga bag’ishlangan kuy va qo’shiqlarini namoyon etishdi. Tadbir yakunida mehmonlar hozirgi kunda davom etayotgan «Farzandim uchun kitob» aksiyasi munosabati bilan bolajonlarga kitoblar sovg’a qilishdi va xursandchilik ulashishdi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram


View Source

Прокрутить вверх