Город Бекабад

Davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabrda o’tkazilgan Respublika Ma’nav…


🔰Davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabrda o’tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining majlisi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 17-apreldagi 122-son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Bekobod shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Bekobod shahar bo’limi hamkorlikda umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari uchun “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida bugun 16-sonli umumiy-o’rta ta’lim maktabida o’quv-seminari tashkil etildi.

📌Seminar davomida «Barkamol avlod» bolalar maktabining ko’rgazmalari va raqs chiqishlari hamda «Turon» maktab teatri ko’rik tanlovi g’oliblari tomonidan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Seminar so’ngida ishtirokchilar Bekobod shahar hokimi N.Babayev tomonidan sertifikat bilan taqdirlandilar

🌐 Web sayt 📱Telegram 📱Facebook📱Instagram


View Source

Прокрутить вверх